
Pxyonchxan-2018: Misha qisqa dasturini namoyish etdi
Pxyonchxan Olimpiadasining bugungi kunida terma jamoamiz a’zolari ham o‘z ishtiroklariniboshlashdi. Bugun figurali uchish bo‘yicha o‘tkazilgan qisqa dasturda yurtdoshimiz Misha Ge muzga chiqdi.
"Ave Maria" qo‘shig‘i ostida muzda o‘z mahoratini ko‘rsatgan Mishaga hakamlar 83,90 ball qo‘yishdi. Ushbu natija qisqa dasturdan so‘ng 14-bo‘lib turibdi. Etakchilikni kutilganidek yaponiyalik Yudzuru Xanyu qo‘lga olgan. Batafsil:
Figurali uchish. Qisqa dastur, erkaklar
1. Yudzuru Xanyu (Yaponiya) – 111,68
2. Xaver Fernandes (Ispaniya) – 107,58
3. Shoma Uno (Yaponiya) – 104,17 ...
14. Misha Ge (O‘zbekiston) – 83,90...
Fikrlar