Pxyonchxan-2018: Norvegiya terma jamoasi medallar jamg‘arish bo‘yicha rekordini yangiladi

CHERY AUTO

Ayni damda qio‘g‘in va murosasiz davom etayotgan Pxyonchxan Olimpiadasi Norvegiya terma jamaosi uchun ancha omadli o‘tmoqda. Skandinavlar qishki Olimpiadalarda medallar jamg‘arish bo‘yicha o‘z rekordini yangiladi. 

Tecno

Ayni damda ushbu terma jamoa hisobidagi medallar soni 29 tani tashkil qiladi. Ularning 11 tasi oltin, 10 tasi kumush va 8 tasi bronzadir. Norveglar shu paytgacha Lillexammer (10-11-5) va Sochi (11-5-10) Olimpiadalarida 26 ta medal jamg‘arib, o‘z o‘z tarixlaridagi eng yaxshi natijani qayd etishgan edi. 

Bu yilgi qishki Olimpiada yakunlanishiga yana 5 kun borligini inobatga oladigan bo‘lsak, ushbu terma jamoa bu boradagi ko‘rsatkichini yanada yaxshilab olishi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!