Pxyonchxan-2018: Norvegiya terma jamoasi qishki Olimpiadada medal jamg‘arish bo‘yicha mutlaq rekordchi
Bugun Norvegiya terma jamoasi tog‘ chang‘isida aralash estafeta bahsida ishtirok etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu medal Norvegiya terma jamoasi tarixida uzoq vaqt saqlanib qoladigan bo‘ldi.
Gap shundaki, bu bilan skandinavlarning Pxyonchxan Olimpiadasida jamg‘argan medallari soni 38 taga etdi (13-14-11) va ular endi bir Olimpiadada ko‘p medal olish bo‘yicha yangi rekordchi sanalishadi. Bu boradagi rekord AQSh terma jamoasiga tegishli bo‘lib, amerikaliklar Vankuver Olimpiadasida 37 ta medal to‘plashgandi (9-15-13).
Bugun va ertaga ham bir necha yo‘nalishlarda medallar jamlanmasi o‘ynalishini inobatga olsak, norveglar bu rekordni ancha yaxshilab olishlari mumkin.

Fikrlar