
Pxyonchxan-2018: Qishki Olimpiada o‘z yakuniga etdi
Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida navbatdagi qishki Olimpiya o‘yinlari o‘z yakuniga etdi. 23-bor tashkil qilingan ushbu musobaqada 93 mamlakatdan 2500 dan ziyod sportchi qatnashdi.
Barcha bahslar kabi terma jamoalar o‘rtasida medallar jamg‘arish bo‘yicha ham qizg‘i bahs kechgani, shubhasiz. Yakunda Norvegiya terma jamoasi medallar to‘plash bo‘yicha birinchi o‘rinni egalladi. Skandinavlar bu musobaqada 14 tadan oltin va kumush, 11 ta bronza medallarini to‘plagan. Ikkinchi o‘rinni band etgan Germaniya terma jamoasi hisobida ham 14 ta oltin medal, biroq kumush medallar bo‘yicha ustunlik norveglarda bo‘lgani uchun yakun ularning foydasiga hal bo‘ldi.
Ta’kidlash joiz, Norvegiya terma jamoasi bu yil qishki Olimpiya o‘yinlarida medal jamg‘arish bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Hali hech bir jamoa qishki Olimpiadada ulardek 39 ta medal to‘plamagan.
1. Norvegiya – 14-14-11 (39)
2. Germaniya – 14-10-7 (31)
3. Kanada – 11-8-10 (29)
4. AQSh – 9-8-6 (23)
5. Gollandiya – 8-6-6 (20)
6. Shvetsiya – 7-6-1 (14)
7. Koreya Respublikasi – 5-8-4 (17)
8. Shveytsariya – 5-6-4 (15)
9. Frantsiya – 5-4-6 (15)
10. Avstriya – 5-3-6 (14)
11. Yaponiya – 4-5-4 (13)
12. Italiya – 3-2-5 (10)
13. Rossiyalik Olimpiadachi atletlar – 2-6-9 (17)
14. Chexiya – 2-2-3 (7)
15. Belarus – 2-1-0 (3)
16. Xitoy – 1-6-2 (9)
17. Slovakiya – 1-2-0 (3)
18. Finlyandiya – 1-1-4 (6)
19. Buyuk Britaniya – 1-0-4 (5)
20. Polsha – 1-0-1 (2)
21. Vengriya – 1-0-0 (1)
22. Ukraina – 1-0-0 (1)
23. Avstraliya – 0-2-1 (3)
24. Sloveniya – 0-1-1 (2)
25. Belgiya – 0-1-0 (1)
26-27. Ispaniya – 0-0-2 (2)
26-27. Yangi Zelandiya – 0-0-2 (2)
28-30. Latviya – 0-0-1 (1)
28-30. Qozog‘iston – 0-0-1 (1)
28-30. Lixtenshteyn – 0-0-1 (1)
Fikrlar