Pxyonchxandagi Olimpiadada Rossiya bayrog‘iga ta’qiq qo‘yilmaydi
Bir necha kun avval fevral oyida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Olimpiya o‘yinlarida Rossiya Federatsiyasining bayrog‘i bellashuvlar o‘tkaziladigan tribunalarga qo‘yilmasligi haqida xabar tarqalgan edi. Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Qo‘mitaning rasmiy saytida chop etilgan xabarga ko‘ra, rossiyalik tomoshabinlar o‘z mamlakatlari bayrog‘ini bemalol olib kirishlari va sportchilarini qo‘llab-quvvatlashi mumkin. Doping mojorolari sabab yuzaga keladigan vaziyat insonlarning muxlislik qilish va o‘z yurtdoshlarini qo‘llash huquqiga to‘sqinlik qila olmaydi.

Fikrlar