Pyanich: Hech qachon "Yuventus"dan ketish haqida o‘ylamaganman
Bosniyalik yarim himoyachi Miralem Pyanich "Yuventus"dan ketish haqida hech qachon o‘ylamaganini aytdi.
“Sarrining o‘yin falsafasiga ko‘ra mening pozitsiyam judayam muhim hisoblanadi. Men bir o‘yinda kamida 150 marta to‘pga teginishim va sheriklarimga yordam berishim kerak.
Men hech qachon “Yuventus”dan ketish haqida o‘ylamaganman. Mening Allegri bilan munosabatlarim juda yaxshi edi. Men Turinda baxtliman. Men “Yuve” bilan Chempionlar ligasida g‘olib chiqmoqchiman”, - deydi Pyanich.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli futbolchi “Yuventus” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan mavsum jami 44ta o‘yinda maydonga tushdi va 4ta gol hamda 8ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan.
Fikrlar