Pyanichning yagona goli "Yuventus"ni kubok finaliga olib chiqdi (video)
Avval xabar berganimizdek kecha Italiya kubogi yarim final bosqichidan o‘rin olgan “Yuventus” hamda “Atalanta” jamoalari o‘rtasidagi bahs ham bo‘lib o‘tdi.
Turinda kechgan bahsning 75-daqiqasida Miralem Pyanich tomonidan penaltidan kiritilgan yagona gol “keksa sinora”ga g‘alaba va final yo‘llanmasini keltirdi. Qayd etish joiz, Bergamoda kechgan bahsda ham Massimiliano Allegri shogirdlari 1:0 hisobida g‘alaba qozongan edi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan golni tomosha qilishingiz mumkin:

Fikrlar