Pyotr Yan: "Chempionlik jangiga mendan munosibroq hech kim yo‘q"

  • 29.07.2025 11:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

32 yoshli UFC sobiq chempioni Pyotr Yan yaqin kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.

"Hozir yaxshi dam olib, tuzalib ketish niyatidaman. Hozircha hech kim menga chempionlik jangini va’da qilgani yo‘q. Lekin bunga hammadan ko‘ra ko‘proq munosibman, deb o‘ylayman. Divizionimizdagi kuchli beshlik ichida mendan ko‘ra munosibroq odamni ko‘rmayapman" - deya Yanning so‘zlarini keltirdi jurnalist Ariel Xelvani.

Eslatib o‘tamiz, Pyotr o‘zining so‘nggi jangini 26 iyul kuni amerikalik Markus Makkiga qarshi o‘tkazib, hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozondi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!