Pyotr Yan: "Sport va siyosatni o‘zaro aralashtirmaslik kerak"

  • 04.03.2026 11:32
  • Javohir Malikov
  • 0
  • MMA

Bir necha kun avval Oq Uyda bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida rossiyalik MMA ustalari ishtirok etmasligi haqida mish-mishlar tarqalgan edi. Shundan so‘ng, Rossiya vakili Pyotr Yan ushbu holatga o‘z munosabatini bildirdi.

"Ruslarga Oq uyda bo‘lib o‘tadigan UFC turnirida jang qilishga ruxsat berilmagani rostmi? Ochig‘i, men buni eshitmagandim. Bilasiz, UFC butun dunyodan jangchilarni o‘z ichiga olgan xalqaro tashkilotdir. Agar rossiyaliklar ham Oq Uyda ishtirok etsa, sport va siyosat o‘zaro aralashmasligi kerakligini ko‘rsatuvchi ajoyib misol bo‘lardi", – dedi UFC chempioni.

Eslatib o‘tamiz, Oq Uydagi UFC turniri 14 iyun kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!