Qani, tanla! Bir futbolchiga uch mamlakatning beshta grandidan chorlov bo‘ldi

  • 19.12.2025 07:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premer-ligasida ishtirok etayotgan “Everton” hujumkor futbolchisi Ilimana Ndiaye qit’aning kuchli klublari safiga ko‘chib o‘tish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

TEAMtalk nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli senegallik futbolchiga hozirning o‘zida Angliyadan “Tottenxem” va  “Nyukasl”, Italiyadan “Yuventus” va “Milan”, Ispaniyadan “Atletiko” jamoalari qiziqish bildirmoqda.

Da’vogarlar orasida “Tottenxem” Ndiayeni asosiy transfer maqsadlaridan biri sifatida belgilagan. Chunki “shporlar” yaqinlashib kelayotgan qishki transferlar oynasi davrida hujum chizig‘ini kuchaytirishga qat’iy qaror qilgan.

Joriy mavsumda Angliya premer-ligasi va boshqa musobaqalarda Ndiaye 11 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va bir golga uzatma berdi. Transfermarkt portali vingerning qiymatini 35 million evro, deb baholagan.

O‘yinchining o‘zi ham faoliyatini Evropa kuboklarida muntazam ishtirok etadigan jamoalardan birida davom ettirishga moyil ekani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!