"Qarg'alar" hech kim kutmagan futbolchini olib keldi
«Nyukasl» klubi yangi transfer haqida rasmiy e’lon qildi. Angliya jamoasi himoyachi Amar Dedić bilan shartnoma imzolaganini «qarğalar»ning rasmiy sayti ma’lum qildi. Futbolchi bugunga qadar Portugaliyaning «Benfika» klubi sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 yoshli bosniyalik futbolchi «Nyukasl» bilan besh yillik shartnoma tuzdi. U yangi jamoasida 37-raqam ostida maydonga tushadi. Ommaviy axborot vositalarida tarqalayotgan xabarlarga ko‘ra, transfer qiymati taxminan 30 million yevroni tashkil etgan.
- Men uchun «Nyukasl»ga qo‘shilish – o‘ziga xos his-tuyg‘u va katta sharaf. Bu yerda bo‘layotganimdan juda xursandman va klub hamda uning ajoyib muxlislari uchun maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutyapman, – deya ta’kidladi Dedić shartnoma imzolanganidan so‘ng.
O‘tgan mavsumda Dedić «Benfika» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Fikrlar