"Qaroqchi" 2025 yilda nechta jang o‘tkazadi?

  • 19.12.2024 17:24
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

Mag‘lubiyatsiz seriya qayd etayotgan UFC jangchisi Sharabutdin Magomedovning murabbiyi Gor Azizyan 2025 yildagi rejalar haqida aytdi.

“Biz yiliga uchta jang o‘tkazishni ko‘zlaganmiz. Sharabutdin fevral boshida Maykl Peyjga qarshi bahsdan so‘ng tanaffus qilib, uch oy dam oladi. Chunki u oilasi bilan ham vaqt o‘tkazishi kerak” — deya Azizyanning so‘zlarini keltirdi "MMA.Metaratings.ru".

Eslatib o‘tamiz, 2 fevral kuni Ar-Riyoddagi "UFC Fight Night 250" turnirida Magomedov britaniyalik Maykl Peyjga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!