Qarshi OPSTTM tarbiyalanuvchisi Munisa Odilova Oʻzbekiston rekordini yangiladi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, ayni paytda poytaxtimizdagi Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazidagi zamonaviy og‘ir atletika zalida  kattalar va yoshlar U-20) o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi bellashuvlari davom etmoqda. Musobaqaning dastlabki kunida nafaqat shiddatli bahslar, balki rekord natija bilan ham yodda qoldi. 

Quvonarlisi, kattalar o‘rtasida -49 kg. vazn toifasida ishtirok etgan Qarshi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi tarbiyalanuvchisi  Munisa Odilova siltab ko‘tarish bahsida 92 kg natija qayd etib, yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston rekordini yangiladi. 

Iste’dodli sportchi ikki kurash yakuniga ko‘ra 165 kg og‘irlikni bo‘ysundirib, 2 ta oltin medal sohibasiga aylandi. 

Shuningdek, Qarshi OPSTTMning yana bir sportchi-o‘quvchisi Dilnoza G‘opparava ham yoshlar o‘rtasidagi kubok bellashuvlarining 49 kg. vazn toifasida ikki kurash natijasiga ko‘ra, 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, "sport ustasi" talabini bajardi. 

Shu tariqa Qarshi OPSTTM jamoasi musobaqa jadvalida 4 ta oltin bilan yetakchilar qatorida bormoqda.  Musobaqa 15 sentabrgacha davom etadi. 

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!