Qashqadaryo viloyati hokimi "Nasaf" futbolchilari bilan uchrashdi

  • 01.03.2026 18:47
  • Улуғбек Хошимов
  • 1
  • Futbol

Bugun jamoamiz Oʻzbekiston Superligasida oʻz yurishini boshlaydi. Mavsum starti arafasida Qashqadaryo viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Murotjon Berdialievich Azimov “Nasaf” futbol klubining qarorgohiga tashrif buyurib, murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv davomida viloyat rahbari “Nasaf” futbol klubining nafaqat Qashqadaryo viloyati, balki respublika miqyosida ham muhim oʻrin tutishini alohida eʼtirof etdi. Shuningdek, klub kelgusida ham Oʻzbekiston milliy va yoshlar terma jamoalari uchun iqtidorli futbolchilarni yetkazib beruvchi asosiy tayanch baza sifatidagi faoliyatini davom ettirishiga ishonch bildirdi.

Yakunda Murotjon Azimov jamoaga yangi mavsumda muvaffaqiyat, omad va yuqori natijalar tiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
02/03/2026 07:56
ХУРМАТЛИ ХОКИМ ЖАНОБЛАРИ КУРУК ТАБРИК БИЛАН ИШ БИТМАЙДИ СИЗ ХАМ ФАРГОНА ВИЛОЯТИ ХОКИМИ ДАН УРНАК ОЛСАНГИЗ БУЛАРДИ АХИР СИЗ КАШКАДАРЁ ВИЛОЯТИ Ф.А.НИ ПРИЗИДЕНТИСИЗ ОГИР КУНДА ЖАМОАГА ЁРДАМ БЕРИНГ.