Qatar murabbiyi: O‘zbekiston ishtirokidagi o‘yinni ko‘ramiz va...

  • 01.06.2022 22:39
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida futbol bo‘yicha Osiyo kubogi bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu turnirga O‘zbekiston terma jamoasi mezbonlik qilmoqda. Bugun 1-turdan o‘rin olgan Eron - Qatar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi va unda 1:1 hisobi qayd etildi. Bellashuvdan so‘ng har ikkala terma jamoa murabbiyi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Quyida Qatar  terma jamoasi ustozi Nikolas Kordovaning fikrlari bilan tanishib chiqing. 

- Bugungi uchrashuv juda qiziqarli va tomoshabop bo‘ldi. Biz gol kiritgandik, lekin raqib hisobni tenglashtirdi va hisob 1:1 ko‘rinishiga keldi. Keyingi uchrashuvga tiklanish jarayonini boshlaymiz.

- Jismoniy taraflama kurashlarga boy uchrashuv bo‘ldi. Osiyoning ko‘plab terma jamoalari shunday o‘yin ko‘rsatadi. Biroq biz ko‘proq taktik futbolga e’tibor beramiz. Keyingi bellashuvlarga qadar jismoniy holatimizni ham yaxshilashga harakat qilamiz.

- O‘zgarishlar jamoaviy o‘yinga ta’sir o‘tkazdimi? Bu haqda biror narsa deya olmayman. Biz O‘zbekiston ishtirokidagi uchrashuvni ko‘ramiz va kelgusi to‘qnashuvga tarkib tuzamiz.

- Umuman olganda, durang yomon natija emas. Eron kuchli raqib va ularga qarshi qiyin o‘yin bo‘lishini kutgandik. Natijadan qoniqish his qildim.

- Eron jismoniy jihatdan kuchli va yakkakurashlarda bizdan ustun. Shunday bo‘lsa-da, biz jamoaviy o‘yin tarafdan yaxshiroq bo‘ldik va natija shunga yarasha bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!