Qatarda rapid va blits bo‘yicha Jahon Chempionati o‘tkaziladi

  • 25.12.2025 13:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Joriy yilning, 25–31 dekabr kunlari Qatar davlatining Doha shahrida shaxmat bo‘yicha ayollar va erkaklar o‘rtasida rapid va blits yo‘nalishlari bo‘yicha FIDE Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli musobaqada dunyoning 393 nafar etakchi shaxmatchilari ishtirok etadi. O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionatida 14 nafar etakchi shaxmatchi bilan qatnashadi.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 1 000 000 evroni tashkil etib, shundan erkaklar bahslari uchun 700 000 evro, ayollar bahslari uchun esa 300 000 evro ajratilgan.

Chempionatda jahon reytingi etakchilari — Magnus Karlsen, Fabiano Karuana, Arjun Erigaysi kabi kuchli shaxmatchilar bilan bir qatorda, O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindarov, Nodirbek Yakubboev, Shamsiddin Vohidov va boshqa iqtidorli shaxmatchilarimiz mamlakatimiz sharafini himoya qiladilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!