Qaydnomaga kiritilmagan Shomurodov Osiyo kubogida o‘ynashi mumkin! Vaziyatga Davron Fayziev aniqlik kiritdi

  • 5 yanvar, 2024, 12:42
  • Bekzod Isayev
  • 3
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, 12 yanvardan Qatarda Osiyo kubogi start oladi. OFK shu kunlarda chempionatda qatnashadigan terma jamoalarining tarkiblarini e’lon qilmoqda. Ular orasida O‘zbekiston milliy terma jamoasi ham o‘rin olgan.

Tecno

E’tiborlisi, O‘zbekiston MTJning qaydnomasidan jarohat olgan Eldor Shomurodov va Shahboz Umarov tushib qolgan. Ammo hali ular qit’a birinchiligida o‘ynash imkoniga ega bo‘lishlari mumkin. O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziev telegramdagi sahifasida vaziyatga tushuntirish berdi.  

- Eldor Shomurodov va Shahboz Umarov bo‘yicha aniqlik kiritib ketmoqchiman. OFK sayti tomonidan aynan 26 futbolchi ro‘yxati so‘raldi va jamoamiz vaqtincha taqdim etdi, lekin bu yakuniy qaydnoma emas. Oldinda bir necha kunlik tayyorgarlik va mashg‘ulot o‘yini bor. Qolaversa, uchrashuv kunigacha qaydnoma o‘zgarishi mumkin. Shu sababli turnirning yakuniy ro‘yxati masalasi hamon ochiq. Murabbiylar shtabi barcha 28 futbolchini nazorat qilib, kuzatib bormoqda, - dedi Davron Fayziev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Liverpool-Afzal
05/01/2024 12:53
Уйнамаганиям яхши,травмадан кейин камида 1-ой формасини тиклаши керак болади.
&
Alsher
06/01/2024 16:19
Shomurodov mashģulotlarda ýoģedi lek jamodan tushurmaslik kerak chunki 1 va 2 uchrashuv mayli 3 si jiddiyroq Eldor kelishi shart manimcha jarohati tuzalgan bòlsa albatta
Узимдааа Мендааа
05/01/2024 13:18
Уйнамагани яхши формадан чикиб кетган вакт керак булади ? Хар холда шахмат эмас бу футбол