
“Qayrat” bosh murabbiyi: “Real”da ham oddiy odamlar o‘ynaydi!
Evropa Chempionlar ligasi umumiy guruh ikkinchi turida Madridning “Real” jamoasi Almatida Qozog‘iston chempioni “Qayrat” bilan kuch sinashadi.
30 sentyabrga belgilangan uchrashuv oldidan mezbonlar bosh murabbiyi Rafael Urazbaxtin bo‘lajak bahs haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.
- Muxlislarimiz ishonchini oqlashga harakat qilamiz. Munosib o‘yin ko‘rsatishimiz kerak. Men natija haqida gapirmoqchi emasman, eng avvalo, o‘z o‘yinimizni ko‘rsatishimiz lozim. Bunaqa vaziyatda faqat “Qayrat”ning muxlislari emas, balki butun Qozog‘iston birlashishi kerak.
“Real”da ham oddiy odamlar o‘ynaydi. Ularning taqvimi juda og‘irligini bilamiz. Etti-sakkiz kun ichida uchta o‘yinda maydonga tushishlariga to‘g‘ri kelyapti. Qo‘shimchasiga, bu ergacha uzoq yo‘l bosib kelishdi. Bu ham juda muhim omil. Buni biz ham boshimizdan o‘tkazdik. Bunaqa o‘yinchilarning kelishi bizning yigitlarga ham katta motivatsiya bo‘ladi. Raqib fonida o‘zlarining nimalarga qodirliklarini bilib olishadi, - dedi Rafael Urazbaxtin.
Fikrlar