"Qayrat"ning Chempionlar ligasida ishtirok etishi sabab mashhur qo‘shiqchining kontserti bekor qilindi

  • 29.08.2025 21:11
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

Qozog‘istonning "Qayrat" klubi o‘z tarixida ilk bor Chempionlar ligasi guruh bosqichida ishtirok etadi. Biroq klubning uy uchrashuvlari o‘tkaziladigan "Markaziy" stadionda 6 sentyabr kuni belaruslik qo‘shiqchi Maks Korj kontsert berishi rejalashtirilgan edi. 27 avgust kuni esa Mahalliy sport inshootlari ma’muriyati kontsert o‘tkazish uchun hujjatlarining to‘liq bo‘lmagani sabab tadbir bekor qilinganini ma’lum qildi.

“Tadbirni o‘tkazish huquqiy hamda texnik nuqtai nazardan mumkin emas”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, ma’muriyatning ta’kidlashicha, yirik kontsert stadion maydoniga katta zarar etkazishi mumkin. Tarixiy tarzda nufuzli turnirga yo‘l olgan "Qayrat" uchun stadion faqat sport tadbirlariga mukammal tayyorlanishi lozimligi bildirildi. Kontsert tashkilotchilari esa bu qarordan norozi bo‘lishdi. Ularning aytishicha, barcha ruxsatnomalar mavjud va tayyorgarlik 2024 yil noyabrdan beri olib borilgan.

Ma’lumot uchun, "Qayrat" guruh bosqichida "Real Madrid", "Bryugge", "Olimpiakos" va "Pafos"ga qarshi o‘z uyida, "Arsenal" va "Inter" kabi nomdor jamoalar bilan esa safarda kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!