Qayta qurilgan "qizil furiya". Mundial oldidan Ispaniya terma jamoasi bilan tanishamiz

  • 4 noyabr, 2022, 21:34
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

JCh-2022 startiga tobora oz vaqt qolmoqda. Muxlis va mutaxassislarni intizorlik bilan kuttirayotgan turnir tez orada boshlanadi.

Qaysi terma jamoalar "JCh-2022"da ishtirok etishini yaxshi bilasiz. Agar hamon bundan xabardor bo‘lmasangiz yana bir  bor eslatib o‘tib ketamiz.

Mundial startiga 16 kun qolgan va biz ketma-ketlikda termalar bilan sizni tanishtirib o‘tamiz. Demak, "E" guruhining ilk vakili Ispaniya orqali o‘ziga xos "chellenj"imizni davom ettiramiz.

Jamoa haqida

Ispaniya qirollik futbol federatsiyasi. Laqabi — “qizil furiya”.

Tashkil topgan yil: 1909 yil (FIFAga 1913 yil a’zo bo‘lgan)
Jamoa bosh murabbiyi: Luis Enrike
Jamoa sardori: Serxio Buskets

Ilk rasmiy uchrashuvi: Ispaniya – Daniya 1:0 (1920)
Eng yirik g‘alaba: Ispaniya – Bolgariya 9:0 (1933)
Eng yirik mag‘lubiyat: Italiya – Ispaniya 7:1 (1928)

Ispaniya terma jamoasi ayni payt FIFA reytingida 7-o‘rinni egallab turibdi. Ularning eng yaxshi natijasi esa 1-pog‘ona hisoblanadi. “Qizil furiya” 2008 yildan 2014 yilgacha dunyoning eng kuchli jamoasi sifatida qayd etilib kelingan. Ularning reytingdagi eng yomon natijasi esa 25-o‘rin bo‘lib turibdi. Ispaniya 1998 yilda ushbu “yutuqqa” erishgan.

Ispaniya terma jamoasi uchun navbatdagi jahon chempionati ketma-ket 12, turnir tarixidagi esa 16-mundial bo‘ladi. "Qizil furiya"ning jahon chempionatidagi debyuti 1934 yil Italiyada bo‘lgan. O‘shanda turnir guruh bosqichisiz o‘tgan va turnirning 16 nafar qatnashchisi darhol 1/8 finaldan ishtirokni boshlashgan. Shunday qilib, ispanlar birinchi bellashuvda Braziliya termasini turnirdan chiqarib yuborishdi (3:1), chorak finalda esa kubokning bo‘lajak egalari – italiyaliklarga imkoniyatni boy berishgan.

Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, 1950 yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi turnirda to‘rtinchi o‘rinni egallashdi. Ular guruh bosqichini muvaffaqiyatli tarzda o‘tkazdi va AQSh (3:1), Chili (2:0) va Angliya (1:0) jamoalariga qarshi barcha o‘yinda g‘alabani tantana qildi. Yakuniy bosqichda guruh g‘oliblari kvartet tuzib, unda bir davralik mini turnir tashkil qilishdi va uchrashuvlar yakuniga ko‘ra chempion aniqlandi. Ispaniyaliklar uchta o‘yinda bir ochko jamg‘arib, guruhda so‘nggi o‘rinni egallashdi. Urugvay terma jamoasi tarixida ikkinchi marta jahon chempioniga aylandi.

Keyingi 9 ta jahon chempionatida ham Ispaniya terma jamoasi ishlari yurishmagan. "Qizil furiya"ning haqiqiy gullab-yashnashi 2000 yillarning oxiri va 2010 yillarning boshlariga to‘g‘ri keldi. 2008 yilda Evropa chempionatidagi g‘alaba qozonganidan so‘ng, Ispaniya terma jamoasi 2010 yilda Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatidagi ham g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. "Qizil furiya" Visente Del Boske boshchiligida o‘z tarixida ilk bor jahon chempioni degan unvonga ega chiqishdi.

Keyingi ikki jahon chempionatida ispanlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Braziliyada bo‘lib o‘tgan 2014 yilgi mundialda "qizil furiya" Niderlandiya, Chili va Avstraliya kabi jamoalar bo‘lgan guruhdan chiqa olmadi. JCh-2018da esa Rossiya terma jamoasi Fernando Yerro boshchiligidagi ispanlarni 1/8 final bosqichida penaltilar seriyasidagi g‘alaba evaziga mag‘lub etdi.

Turnirgacha bosib o‘tgan yo‘li

2010 yilgi jahon chempionlari Qatardagi mundial yo‘llanmasi uchun Gretsiya, Shvetsiya, Gruziya va Kosovo bilan bir guruhda kurash olib bordi. Birinchi uchrashuvda “qizil furiya” Gretsiya terma jamoasini mag‘lub eta olmadi (1:1). O‘sha payt ispanlar kichik inqiroz holatida edi. Boisi, ular so‘nggi beshta uchrashuvda faqat bittagina g‘alaba qozongandi. Ammo keyingi ikki turda Luis Enrike shogirdlari Gruziya (2:1) va Kosovoni (3:1) mag‘lub etib, 6 ochko jamg‘arishdi.

4-turida Enrike shogirdlari Shvetsiya terma jamoasiga (1:2) safarda imkoniyatni boy berdi. Bu muvaffaqiyatsizlik ispanlarni ikkinchi o‘ringa tushirib yubordi.

Ammo qolgan uchrashuvlarning “qizil furiya” xatolarsiz o‘ynadi va barcha bellashuvlarda ishonchli hisoblarda g‘alaba qozondi. Ispanlar guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, ular Shvetsiya terma jamoasidan 4 ochkoga ilgarilab ketib, Qatardagi mundialga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Tarkib

Ispaniya terma jamoasi dunyoning eng qimmat beshta jamoasidan biri hisoblanadi. Pireney yarim oroli vakillarining umumiy qiymati “Transfermarkt” tomonidan 805 million evroga baholangan. “Qizil furiya”ning asosiy o‘yinchilari klublar darajasidagi musobaqalarining doimiy ishtirokchilari - "Barselona", "Real Madrid", "Atletiko", "Atletik", "Valensiya", "Vilyarreal", "Real Sosedad", Angliyaning "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" ”, “Chelsi” va Frantsiyaning PSJ kabi jamoalar sharafini himoya qiladi. Eng ajablanarlisi shundaki, o‘tgan yili Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Evropa chempionatidek yirik turnirda “Real”dan birorta ham futbolchini jamoaga chaqirmagandi. Bu esa tarixda ilk marta kuzatilgan holat hisoblanadi.

Eng yaxshilar

Ispaniya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar "Barselona" va "Atletiko Madrid"ning sobiq hujumchisi David Vilya hisoblanadi. 40 yoshli sobiq hujumchi terma jamoa libosida 98 uchrashuvda 59 ta gol urgan. Vilya “qizil furiya” tarkibida 2008 yilgi Evropa chempionatida g‘olib chiqdi va 4 ta gol bilan turnirning eng yaxshi to‘purariga aylandi. David 2010 yil Janubiy Afrikada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ispanlarning g‘alabasiga katta hissa qo‘shgan va ushbu turnirda ham Myuller, Sneyder va Forlan qatorida 5 ta gol urib, to‘purarlar ro‘yxatida birinchi o‘rinni bo‘lishib olgandi.

Ispaniya terma jamoasida o‘tkazilgan o‘yinlar soni bo‘yicha rekord "Real"ning sobiq himoyachisi, hozirgi kunda esa PSJ sharafini himoya qilib kelayotgan futbolchi Serxio Ramosga tegishli. 36 yoshli himoyachi “qizil furiya” safida 180 ta o‘yin o‘tkazgan va uning eng yaqin ta’qibchisi – Serxio Busketsdan (139 ta o‘yin) ancha ilgarilab ketgan. Ramos bosh murabbiy Luis Enrikening qarori va ko‘plab jarohatlar hamda o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmagani uchun Evro-2020ni o‘tkazib yubordi.

Ispaniya terma jamoasining Qatarga boradigan futbolchilari yakuniy ro‘yxati hali e’lon qilinmagan. Agar Ramos unga kirsa, Serxio uchun bu uning faoliyatidagi beshinchi jahon chempionati bo‘ladi.

JCh-2022dagi taqvimi

23 noyabr. Ispaniya — Kosta-Rika
27 noyabr. Ispaniya — Germaniya
1 dekabr. Ispaniya — Yaponiya

 

 

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!