Qilichbozlarimiz jahon chempionati saralash bahslarini yakunladi

  • 25 iyul, 2023, 10:11
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO
Ayni kunlarda Italiyaning Milan shahrida qilichbozlik bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda. 24 iyul kuni erkaklar rapira, ayollar sablya qurollarida saralash bahslarini olib borishdi. Mazkur bellashuvlarda milliy terma jamoamizning quyidagi tarkibi bahslarga kirishi:
 
Ayollar sablya: Zaynab Dayibekova, Gulistan Perdibaeva, Paola Pliego, Fernanda Errera;
Erkaklar rapira: Muhammad Yusuf Asranov, Ahmadilloxon Solihojiev, Iyas Molina, Doniyor Sa’dullaev.
 
Natijalarga ko‘ra Perdibaeva (sablya) hamda Sa’dullaev (rapira) saralashdan muvaffaqiyatli o‘tib, asosiy 64 talik ro‘yxatdan joy egallashdi. 
 
Bunga qadar, Umida Ilyasova (rapira), Javohir Nurmatov (shpaga), Shahzoda Egamberdieva (shpaga), Musa Aymuratov hamda Zuhriddin Qodirov (sablya) saralashdan bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tishgan edi.
 
Endi ular asosiy tur bahslarida medallar uchun kurashga kirishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!