Qilichbozlik bo‘yicha terma jamoamizda xorijlik mutaxassis ishlaydi

CHERY AUTO

O‘zbekiston qilichbozlik federatsiyasida ham qator sport turlari kabi Tokio Olimpiadasiga jiddiy hozirlik ko‘rilmoqda. Yaponiyada o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun vakillarimiz ham astoydil harakat qilishadi. 

Tecno

Sportchilarimizning malkalarini oshirish, ularning ham Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini ta’minlash uchun shpaga bo‘yicha xorijiy mutaxassis jalb qilindi. O‘tgan yilning dekabr oyida o‘tgan xalqaro seminarda ishtirok etgan estoniyalik murabbiy Igor Chikinev endilikda shpaga bo‘yicha terma jamoa bosh murabbiyi bo‘ldi. 

Ushbu mustaxassis oldiga joriy yil Indoneziyada bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida shpagachilarimizning muvaffaqiyatli ishtirokini ta’minlash va ularni Tokio Olimpiadasiga olib chiqish vazifasi qo‘yilgan. Igor Chikinev yurtimizda Tokio Olimpiadasi yakunigacha ishlaydi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!