Asosiy mazmunga oʻtish

Qilichbozlik. Perdibaevada oltin, Errera bronza medaliga ega chiqdi

Javokhir Azimov
Izohlar: 0

Bugun qizlarimiz jamoaviy dasturda ham chempionlik uchun jang qilishadi.

Yosh qilichbozlarimizning Jahon kubogi bosqichlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki davom etadi. Bu gal sablyachi qizlarimiz yuksak mahorat ko‘rsatib, oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ushbu yo‘nalishdagi bahslarga Bahraynning Manama shahri mezbonlik qildi. Musobaqada Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlari g‘olibi Gulistan Perdibaeva barcha raqiblarini ishonchli hisoblarda mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, Osiyo o‘yinlarining kashfiyotlaridan yana biri Fernanda Errera bronza medali sohibiga aylandi. Bugun qizlarimiz jamoaviy dasturda ham chempionlik uchun jang qilishadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q