Qilichbozlik. Toshkentda yoshlar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

  • 20 noyabr, 2022, 11:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Boshqalar
CHERY AUTO

Poytaxtimiz ayni kunlarda qilichbozlik bo‘yicha yana bir musobaqani o‘zida qabul qilmoqda. Qizlar o‘rtasida kechayotgan bahslarda sablya va shpaga bo‘yicha dunyoning eng kuchli qilichbozlari g‘oliblik uchun bahs olib borishyapti. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.

Tecno

Ortda qolgan kun dasturida yakkalik bellashuvlari o‘tkazilib, unda terma jamoamiz vakillari 1 ta oltin va 3 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi. Oltin medalni shpagachi qizimiz Sevara Rahimova qo‘lga kiritdi. Batafsil:

Shpaga, qizlar:
1-o‘rin Sevara Rahimova (O‘zbekiston)
2-o‘rin Damlanur Sonmus (Turkiya)
3-o‘rin Marvarid Zuvaydulloeva (O‘zbekiston)
3-o‘rin Yagmur Sonmus (Turkiya)

Sablya, qizlar:
1-o‘rin Nisonur Erbil (Turkiya)
2-o‘rin Ilinsa Pantis (Ruminiya)
3-o‘rin Fernanda Errera (O‘zbekiston)
3-o‘rin Samira Shokirova (O‘zbekiston)

Bugun musobaqada jamoaviy yo‘nalishda g‘olib va sovrindorlar aniqlab olinadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!