Qilichbozlik. Vakilimiz yoshlar o‘rtasidagi Jahon kubogi oltin medalini qo‘lga kiritdi

  • 05.11.2023 10:37
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm

Shu kunlarda qilichbozlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Jahon kubogi bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Eron poytaxti Tehron shahri sablya bo‘yicha yigitlar o‘rtasidagi bellashuvlarni qabul qilyapti.

Mazkur musobaqada ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Islombek Abdazov oltin medalni qo‘lga kiritdi. Hamyurtimiz murosasiz kechgan final jangida quvaytlik Muhammad Abdulkarim ustidan 15:6 hisobida g‘alaba qozondi. Kuchli uchlikdan Furqon Yaman (Turkiya) hamda Nima Ag‘ayi (Eron) o‘rin olishdi.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!