Qilichbozlikda tarixiy g‘alabaga erishdik!

  • 3 aprel, 2022, 18:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

BAAda o‘tayotgan qilichbozlik bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining ikkinchi kuniida hamyurtimiz Zuhriddin Qodirov g‘alaba qozonib, O‘zbekiston tarixida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk qilichbozimiz bo‘ldi.

Tecno

O‘smirlar toifasida sablya qurolida bahs olib borgan vakilimiz Kanada, Misr, Vengriya, AQSh va finalda Germaniya vakillari ustidan g‘alaba qozondi. Hal qiluvchi bellashuvda Qodirov Kolin Xetkokni 15:13 hisobida dog‘da qoldirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!