
Qimmatbaho hujumchi “Real” taklifiga javob berdi
“Milan”ning Italiya chempioni bo‘lishiga katta hissa qo‘shgan portugaliyalik hujumchi Rafael Leau o‘ziga “Real”dan bo‘layotgan qiziqishga munosabat bildirdi. Yaqinda madridliklar bu to‘purar uchun 120 million evro to‘lashga tayyor ekani haqida xabarlar chiqqan edi.
- Men “Milan”daman va shartnomam tugashiga yana ikki yil bor. Bu erda o‘zimni uydagidek his qilyapman.
Menga klub mutasaddilaridan jamoaga kerakligimni eshitish juda yoqimli. Albatta, “Real”dan qiziqish bo‘layotgani ham yoqimli. Lekin bundan o‘zimni yo‘qotib qo‘yganim yo‘q, - dedi Rafael Leau.
Leau 2019 yildan beri milanliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. “Milan” bu futbolchini olish uchun “Lill”ga 29,5 million evro to‘lagan edi. Leau chempionlik mavsumida 34 ta o‘yinda 11 ta gol va sakkizta assist muallifi bo‘ldi.
Fikrlar