
Qimmatga olingan yulduzni “sindirishdi”
Joriy mavsum Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etadigan “Nyukasl” yozgi transferlar oynasining oxirgi kuni o‘z safiga Yoan Vissani qo‘shib olgan edi.
“Qarg‘alar” 29 yoshli forvard uchun “Brentford”ga 60 million evro miqdorida badal puli to‘lagan.
Sky Sports nashrining ma’lum qilishicha, Yoan Vissa Kongo Demokratik Respublikasi milliy terma jamoasi yig‘ini davomida tizzasini shikastlab olgan. O‘tkazilgan tibbiy tekshiruvchilar futbolchi olti hafta mobaynida davolanishi lozimligini ko‘rsatdi.
Ta’kidlash joizki, qimmatbaho futbolchi hali yangi klubida debyutini o‘tkazishga ham ulgurgani yo‘q.
“Nyukasl” Yoan Vissa xizmatidan 18 sentyabr kuni Evropa Chempionlar ligasida “Barselona”ga qarshi o‘tkaziladigan uy uchrashuvida foydalanmoqchi edi.
Fikrlar