
Qirg‘iziston promoushenida yana ikki nafar O‘zbekiston vakili jang qiladi
27 dekabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida “Batyr Bashy” promousheni tomonidan MMA bo‘yicha tashkil etilayotgan turnirda o‘zbekistonlik jangchilar ham oktagonga ko‘tarilishi haqida xabar bergan edik.
Avvalroq, Husniddin G‘aniev qirg‘izistonlik Ibragim Anzorovga qarshi jang qilishi ma’lum bo‘lgan edi. Ahamiyatli tomoni, yana ikki nafar yurtdoshimiz ushbu turnirda o‘z janglarini o‘tkazadigan bo‘ldi. Jumladan, yarim o‘rta vazn (65-77 kg) toifasida Bahodir Tillaboev mezbonlar vakili Akil Beksultonov bilan to‘qnash kelsa, xuddi shu vaznda Azizillo Akbaraliev ham qirg‘izistonlik Aybek Kachkinovga qarshi oktagonga ko‘tariladi.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish joizki, har uch nafar vakilimiz Jahongir Qoraboev hamda Farrux Madaminovning shogirdlari hisoblanadi.
Albatta, ushbu muhim janglarda hamyurtlarimizga omad yor bo‘lishini tilab qolamiz!
O‘zbekistonlik jangchi "AMC Fight Night 99” turnirida braziliyalik raqibini mag‘lub etdi
O‘zbekistonlik MMA vakili Bishkekda jang qiladi
O‘zbekistonlik MMA vakillari Qirg‘izistonda ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritdi
Fikrlar