O‘zbekistonlik jangchi "AMC Fight Night 99” turnirida braziliyalik raqibini mag‘lub etdi

  • 24.12.2020 23:18
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA

O‘zbekistonlik MMA jangchisi Bahodir Boqiev (8-2-1) Rossiyaning "AMC Fight Night 99” turnirida oktagonga ko‘tarildi. Rossiyaning Moskva shahrida bo‘lib o‘tgan ushbu jang kechasida hamyurtimizga braziliyalik Denilson Matos (13-4) raqiblik qildi. 

Jang to‘liq uch raund davom etdi. Barcha raundalarda ko‘plab "teyk-daun"larni amalga oshirib, "parter"da ajoyib harakat qilgan holda, jang nazoratini o‘z qo‘lida ushlab turgan yurtdoshimiz hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, haqli tarzda g‘olib chiqdi. 

Shu tariqa, Boqiev MMAdagi faoliyati mobaynida sakkizinchi g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Raqibi Matos esa 4-mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!