Qishda "Barselona" tarkibiga yangi himoyachi kelib qo‘shiladi
Braziliyaning “Palmeyras” klubi himoyachisi Yerri Mina faoliyatini “Barselona”da davom ettiradigan bo‘ldi.
Aytish kerakki, kataloniyaliklar 23 yoshli kolumbiyalik futbolchi borasida yozdayoq kelishuvga erishgan. Shundan so‘ng tomonlar ushbu transferni qishda amalga oshirishga kelishib olishgan edi.
Ta’kidlash lozimki, “Barselona” safida himoya chizig‘i vakillariga ehtiyoj yanada ortmoqda. Boisi, Samyuel Umtiti jiddiy jarohat olgan, Xaver Maskerano esa qishda jamoadan ketishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra Minaning transferi “Barselona”ga 9 mln evroga tushadi. U joriy mavsum Braziliya chempionatida jami 17ta uchrashuvda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 1ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar