Qishda Shomurodovning jamoasiga zo‘r futbolchi kelishi mumkin

  • 18.09.2021 16:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Roma" klubi rahbariyati keyingi transfer oynasi rejalari ustida ish boshlab yubordi.

Ma’lum bo‘lishicha, klub rahbariyati markaziy yarim himoyachi lavozimiga nomzodlarni qidirmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino o‘tgan yozgi transferlar davrida ham aynan mana shu chiziq kuchaytirilishini talab qilgan. Biroq, rimliklar yangi yarim himoyachini sotib olmadi.

"Borussiya" Myunxengladbax klubi yarim himoyachisi Denis Zakariya hozirda “bo‘rilar”ning asosiy transfer maqsadi sifatida qaralmoqda. Bu haqda Corriere dello sport xabar tarqatmoqda.

Transfermarkt portali talqiniga ko‘ra, Zakariyaning ayni damdagi transfer narxi 30 million evroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Shveytsariya terma jamoasi futbolchisi joriy mavsum “Borussiya” safida 2 ta o‘yin o‘tkazib,  1 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!