Qishki Olimpiya o‘yinlari "UZREPORT TV" telekanalida translyatsiya qilinadi

CHERY AUTO

"UZREPORT TV" telekanali "Olimpiada-2018"ning eksklyuziv translyatsiya huquqini qo‘lga kiritdi, bu haqda telekanalning rasmiy veb sayti xabar tarqatmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 9-25 fevral kunlari Janubiy Koreyaning Pxyonchxan shahrida o‘tkaziladigan XXIII qishki Olimpiya o‘yinlarini o‘zbekistonlik muxlislar bevosita kuzatishlari uchun O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi "UZREPORT TV" telekanaliga XXIII qishki Olimpiya o‘yinlarining translyatsiyasi eksklyuziv huquqini rasmiy sotib olish taklifi bilan chiqqan.

Telekanal bu taklifni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlab, tegishli kelishuvga erishdi va Olimpiya o‘yinlari translyatsiyasining eksklyuziv huquqini sotib oldi. Demak, O‘zbekiston hududida 2018-yilgi qishki Olimpiya o‘yinlarini translyatsiyasi eksklyuziv huquqi faqat "UZREPORT TV" telekanaliga tegishli bo‘lib, o‘zbekistonlik sport ihlosmandlari Olimpiya o‘yinlarini aynan ushbu telekanal orqali tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

Ma’lumot uchun, ishni professional tarzda tashkil qilgan "UZREPORT TV" telekanali bunga qadar futbol bo‘yicha Evropa chempionlar ligasi, Evropa ligasi, Angliya Premer-Ligasi, Ispaniya La-Ligasi, Evro-2016 , shuningdek, boks bo‘yicha Germaniyaning Gamburg shahrida o‘tkazilgan jahon chempionati va qishki Osiyo o‘yinlarining translyatsiya huquqini xarid qilgandi. Endi telekanal o‘z tarixida birinchi marta “Oq olimpiada” translyatsiyasining eksklyuziv xuquqini xarid qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!