
Qishki Paralimpiya o‘yinlarida 1 nafar hamyurtimiz ishtirok etadi
Ayni kunlarda barcha sport ixlosmandlarining nigohi Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida o‘tkazilayotgan qishki Olimpiya o‘yinlariga qaratilgan. Ma’lumki, ushbu nufuzli musobaqada 2 nafar hamyurtimiz ishtirok etishadi.
An’anaga muvofiq, Olimpiya o‘yinlari o‘tkazilgach, Paralimpiya bo‘yicha ham bellashuvlar bo‘lib o‘tadi. Pyongchangdagi Paralimpiya o‘yinlarida 1 nafar hamyurtimiz ishtirok etishi ma’lum bo‘ldi. 9-18 mart kunlari bo‘lib o‘tadigan bellashuvlarda chang‘i poygasi yo‘nalishida Yoqutxon Xolbekova yurtimiz sharafini himoya qiladi. Vakilamiz musobaqada 6, 7,5 va 15 kilometr masofalarda o‘tkaziladigan bahslarda startga chiqadi.
Yoqutxon Xolbekova musobaqaga Germaniyada bo‘lib o‘tgan turnir orqali litsenziya olgan. Hamyurtimizga omad yor bo‘lsin!
Fikrlar