
"Qizilqum" - "Nasaf". Navoiydagi bahslarda ustunlik mezbonlar tomonida
“Ajdarlar” Superliganing 19-turida Navoiyning “Qizilqum” jamoasi mehmoni bo‘lishadi.
“Qizilqum” – “Nasaf” uchrashuvi 14 avgust shanba kuni Navoiydagi “Yoshlik” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv soat 18:30da boshlanadi.
O‘zaro uchrashuvlar tarixidan
Mazkur klublar O‘zbekiston chempionatida shu kungacha 41 bor kuch sinashishgan. Natijalar “ajdarlarning” ustunligini ko‘rsatmoqda. Bo‘lib o‘tgan 24 uchrashuvda “Nasaf”, 7 o‘yinda esa “Qizilqum” g‘alabaga erishgan. 10 uchrashuvda tomonlar murosa ko‘chasini tanlashgan.
To‘plar nisbati 44:75 ga teng. Ustunlik “Nasaf” tarafida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Qizilqum” – “Nasaf” 3:1, “Nasaf” – “Qizilqum” 7:1.
Ro‘ziqul Berdiev shogirdlari so‘nggi o‘zaro uchrashuvni shu yilning 10 may kuni Qarshida o‘tkazgan. Bu uchrashuv 1:1 hisobida yakunlangan.
Navoiydadagi o‘zaro bahslarga oid
Jamoalar shu paytgacha Navoiyda 20 bor kuch sinashishgan. 8 bellashuvda jamoamiz g‘alaba qozongan. 6 uchrashuvda durang qayd etilgan va 6 uchrashuvda mezbonlar g‘alaba qozonishgan. Darvozalarga jami 52 ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati 27:25.
E’tiboringizga, Navoiyda bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuvning natijalarini havola qilamiz.
10.11.2018 Qizilqum – Nasaf 2:0
18.03.2018 Qizilqum – Nasaf 1:2
29.04.2017 Qizilqum – Nasaf 1:1
25.09.2016 Qizilqum – Nasaf 3:3
26.08.2015 Qizilqum – Nasaf 1:2
Fikrlar