"Qizilqum" "Fakel" bilan 3:3 o‘ynagach, navoiyliklar ustozi nima dedi?

  • 27.01.2026 22:55
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Superligani boshqa klublari qatorida Navoiyning “Qizilqum” jamoasi ham yangi mavsum uchun tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida olib bormoqda.

Hozirga qadar “Qizilqum” Antaliyada ikkita nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Dastlabki o‘yin Rossiyaning “Spartak-2” klubiga qarshi bo‘lib o‘tdi va unda navoiylarning 3:1 hisobida qo‘li baland keldi.

Bugun esa ikkinchi o‘rtoqlik bahsi tashkil qilindi. Bu safar ham “Qizilqum”ga Rossiya jamoasi to‘qnash keldi.

“Fakel”ga qarshi bellashuv ham gollarga boy o‘tdi. “Qizilqum” yana uchta gol urdi, ammo shu bilan birga o‘z darvozasidan uchta to‘p olib chiqdi, natija esa 3:3. E’tiborliisi, “Qizilqum”dan Islom Kenzhaboev het-trikka erishdi.

Hozircha “Qizilqum”ni hisobida ikkita o‘yindan keyin bir durang va bir g‘alaba mavjud. Raqiblar esa jiddiy edi va Rossiya klublariga qarshi ikkala bahsda ham uchta dan gol urishi albatta “Qizilqum” uchun ijobiy holat.

Klub matbuot xizmati “Fakel”ga qarshi o‘yindan so‘ng “Qizilqum” ustozi Akmal Rustamovning fikrlari bilan qiziqib ko‘rdi. 

- Oxirgi yig‘inimizni Turkiyaning Antaliya shahrida o‘tkazyapmiz. Bugun ikkinchi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdik. Hozir barcha yigitlarni sinab ko‘ryapmiz. Yana hali to‘rtta o‘yinimiz bor. Shu uchrashuvlarni o‘tkazib tarkibimizni aniqlab olamiz. O‘ylaymanki, tayyorgarligimiz yomon bo‘lmayapti. Xudo xohlasa, chempionatga yaxshi tayyorgarlik olib boryapmiz. Nasib bo‘lsa, mavsumga tayyor holatda yetib boramiz.

- Ushbu mavsumda jamoangizda sizningcha qaysi futbolchi kashfiyot bo‘la oladi, deb o‘ylaysiz?

- Kashfiyot bo‘ladigan futbolchilarimiz bor, faqat harakat qilishlari kerak. O‘zlarini ustida ko‘proq ishlasalar, o‘zini ko‘rsatishga hamma futbolchida imkoniyat bo‘ladi. Futbol jamoaviy o‘yin bo‘lgani uchun jamoa harakat qilsa orasidan kashfiyotlar ham chiqaveradi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!