"Qizilqum" klubi matbuot kotibi bu yil jamoasidan nimalar kutmoqda?

  • 01.03.2020 13:07
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, 27 fevraldan O‘zbekiston Superligasi-2020 start oldi. Jamoalar chempionatga yurtimizda va imkoniyati borlar xorijda tayyorgarlik ko‘rishdi.

Murabbiy va futbolchilarning fikrlarini yil bo‘yi o‘qib, kuzatib borishimiz mumkin. Ammo o‘sha jamoada faoliyat yuritayotgan matbuot kotiblarini siz deyarli tinglamagansiz. Shu bois biz yangi mavsum avvalidan matbuot kotiblarining fikrlarini bilish uchun ularga 3 ta savol bilan murojaat qildik.

1. Jamoaning tayyorgarlik jarayoni (qaerlarda yig‘inlar tashkil etilgani va o‘rtoqlik o‘yinlari) haqida

2. Yangi mavsumdan nimalar kutmoqdasiz?

3. Klub oldiga qanday vazifa qo‘yildi?

Aziz Nuriy ("Qizilqum")

1. Jamoa mavsumga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rdi. Yig‘inlar Navoiy va Toshketda, shuningdek hal qiluvchi so‘nggi bosqich Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettirildi. Jamoa Navoiydagi yig‘in davomida "Mash’al" va "Buxoro" jamoalari bilan, Toshkentdagi yig‘in doirasida "Bunyodkor", "Paxtakor", "So‘g‘diyona", "Lokomotiv-BFK" jamoalari bilan nazorat uchrashuvlarida maydonga tushdi. Xorij yig‘inida uchta nazorat uchrashuvi tashkil etildi. Unda futbolchilarimiz ikki g‘alaba va bir durang qayd etishdi.

2. Yangi mavsumdan hamma o‘z jamoasidan qandaydir yangiliklarni, yaxshi natijalarni kutadi. Shu sabab stadionlar to‘lib toshishi, jamoamiz ko‘proq g‘alaba qozonib, muxlislarini xursand etishini kutmoqdaman.

31693086_1762677323770932_542057123664625664_o

3. Klub bu yil yaxshi transferlarni amalga oshirdi. Imkon boricha yuqoriroq natijani qo‘lga kiritish maqsadida harakat qiladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Shox Farxadovich
01/03/2020 13:29
Nvacceb yaxshi oyinchi.. Mashaldagi Ifianiy xam norm ekan.. Serbiyalilaga bervotgan oylini afrikalilaga bersak Terma darajasidigi futbolchilari jon deb bizda o'ynaydi.. Nasaf kotduavardan Faysal Traoreni obti. Malilik ximoyachi bilan.. Baribir Afrikaliklar qiziq futbol oynashadi..