
"Qizilqum" klubi yangi yarim himoyachi bilan shartnoma imzoladi
Yangi mavsum uchun tayyorgarlik ko‘rayotgan Navoiyning "Qizilqum" klubi tarkibni yosh va iqtidorli futbolchilar bilan to‘ldirishda davom etmoqda.
O‘tgan mavsumni "Qizilkum-Farm" jamoasida ajoyib o‘yinlari bilan o‘zini ko‘rsatgan 21 yoshli yarim himoyachi Asadbek Asadov asosiy jamoa bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Navoiyliklar yarim himoya chizig‘ida Asadbek Avazxon Mamatxo‘jaev, Jaloliddin Sodiqov, Ifianiy Ifianiy, Murodbek Raxmatov va Islom Toshpo‘latov bilan raqobat olib boradi.
Fikrlar