
"Qizilqum" Kubokdagi guruh bosqichining barcha uchrashuvlarini safarda o‘tkazadi
O‘zbekiston Kubogi guruh bosqich o‘yinlari aprel oyida bo‘lib o‘tadi. “D” guruhidan o‘rin olgan Navoiyning “Qizilqum” jamoasi esa uy o‘yinlarini safarda o‘tkazadigan bo‘ldi. Bu haqida UzPFL matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur taklif klub tomonidan kiritildi. “Qizilqum” Navoiyda uy uchrashuvlarini o‘tkaza olmayotganidan kelib chiqib, Liga mazkur taklifni qabul qildi.
Shu tariqa, “D” guruhi doirasida “Qizilqum” 12 aprel kuni “Olimpik Mobiuz”, 20 aprel kuni “Zomin” va 27 aprel kuni “Lokomotiv” mehmoni bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, "Qizilqum" Navoiydagi o‘yingoh maydoni yangilanayotgani bois Superligadagi uy o‘yinlarini Qarshidagi "Markaziy" stadionda o‘tkazmoqda.
Fikrlar