“Qizilqum” legioneri bilan shartnomasini uzaytirdi

  • 12.01.2026 12:03
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

O‘tgan mavsumda “Qizilqum” tarkibida ishonchli harakatlari bilan navoiylik muxlislar mehrini qozona olgan gruziyalik yarim himoyachi Jambuli Jigauri yangi mavsumda ham “konchilar” sharafini himoya qiladi. Futbolchi klub bilan amaldagi shartnomasini yana bir yilga uzaytirdi. Jigauri o‘tgan yilning boshida “Qizilqum” bilan shartnoma imzolagan edi.

Ma’lumot uchun, futbolchi o‘tgan mavsumda 28ta uchrashuvda maydonga tushdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!