
"Qizilqum" "Loko"ga yutqazib qo‘ydi
Navoiyning “Qizilqum” klubi bugun Toshkentda “Lokomotiv”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida qatnashdi. Bahsda “Lokomotiv” vakili Damir Krayishnikning 45+2-daqiqada urgan goli evaziga “Qizilqum” 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Qizilqum": Robert Ozols, Ilhomjon Vahobov, Azizbek Usmonov, Nikolay Tarasov, Samandar Shukrullaev, Davron Anvarov, Akaki Shulaya, Shahboz Jo‘rabekov, Giorgi Kuxianidze, Fayzullo Jumanqo‘ziev, Malikshoh Rasulov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Humoyunshoh Sayyotov, Salohiddin Tursunov, Diyor Rahmatilloev, Jamoliddin Ubaydullaev, Murodali Usmonov, Asadbek Asadov, Ismoil Abdurahmonov, Ja’far Karimov.
Fikrlar