
"Qizilqum" Nesterov, Qilichev va Hasanov bilan shartnomani uzaytirdi. Grigalashvilli hamda yana 2 ta legioner navoiyliklar safiga o‘tdi
28 yanvardan buyon Antaliyada o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazayotgan “Qizilqum” bir qator futbolchilar bilan yangi shartnoma imzoladi, tarkibga legionerlar qo‘shib oldi. PFL matbuot xizmati navoiyliklar kimlar bilan bitim tuzgani borasida ma’lumot tarqatdi.
"Qizilqum" Ignatiy Nesterov, Oybek Qilichev va Jamshid Hasanov bilan 2021 yil 31 dekabrga qadar yangi kelishuvni amalga oshirdi. Shuningdek, avval ham navoiyliklar sharafini himoya qilgan Elguja Grigalashvili, Mate Vatsadze ortga qaytdi. Gruziyalik Georgi Kuxianidze ham "Qizilqum" bilan mavsum oxirigacha shartnoma imzoladi.
Fikrlar