"Qizilqum" ustozi "So‘g‘diyona"dan uchralgan mag‘lubiyatga izoh berdi

  • 22 aprel, 2023, 21:55
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Coca-Cola Superliga 7-turidan o‘rin olgan “So‘g‘diyona” – “Qizilqum” (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“So‘g‘diyona”ning turnir jadvalidagi o‘rnidan kelib chiqib, ularga g‘alaba suv va havo kabi zarur ekanligini anglagan holda futbolchilarga ehtiyot bo‘lishni ta’kidlagan edim. Kartochkalardan ko‘p aziyat chekyapmiz. Birinchi qizil kartochka olgan futbolchining dastlabki sariq kartochkasini bermasa ham bo‘lar edi, ikkinchisida esa futbolchining o‘zi xato qildi. 10 kishi qolgan bo‘lsak-da, yaxshi himoyalandik. Son jihatdan kamchilik ekanligimiz sabab futbolchilarda charchoq sezila boshladi qanotlardagi kurashlarni boy bera boshladik. Bir qancha o‘zgarishlarni amalga oshirdik, ammo shunga qaramay, gol o‘tkazib yubordik. Bugun oxirigacha harakat qildik, biroq kuchimiz etmadi. O‘ylashimcha, son jihatdan tenglik bo‘lganida, o‘zimizga kerakli natijaga erisha olardik”, – dedi Aliqulov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
БМЗ
22/04/2023 22:12
Qachondir futbol o‘ynaganman deb trener bo‘laverar ekanda. Avval yoshlardan boshlab o‘zini ko‘rsatib keyin super ligaga o‘tsa bo‘lmaydimi.