"Qizilqum"ni kelajakda mutlaqo boshqa darajada ko‘ryapman" yoxud Nikola Lazarevich Hamidjon Aktamovning ketganiga qanday munosabat bildirdi?

  • 15 aprel, 2022, 23:01
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Navoiyning “Qizilqum” klubi O‘zbekiston Coca-Cola Kubogi guruh bosqichi doirasidagi ikkinchi o‘yinida nihoyat g‘alaba qozondi.

Tecno

Ma’lumki, Nikola Lazarevich jamoasi ilk turda “Navbahor”ga 0:2 hisobida mag‘lubiyatga uchragandi. Ammo 2-turga kelib safarda “Neftchi” ustidan g‘alaba qozonib muxlislarini xursand qildi.

Bilasiz, bu jamoaning chempionatdagi ishlari ham yaxshi ketyapti va “Paxtakor” bilan yuqori o‘rinni bo‘lishib turibdi. Albatta, jamoani qabul qilib olgan serbiyalik bosh murabbiy Nikola Lazarevichning ham bu borada qilayotgan xizmatlari katta. “Neftchi”ga qarshi g‘alabali uchrashuvdan keyin mutaxassis Sports.uz muxbirining savollariga javob qaytardi.

- “Neftchi”ga qarshi bellashuv borasida nima degan bo‘lardingiz?

- Biz avvalgi turdagi o‘yin kabi og‘ir uchrashuv bo‘lishini kutgandik. Uchrashuv davomida ko‘plab tajovuzkorlik, jismoniy kurashlar hakamning oxirgi hushtagiga qadar davom etdi. “Neftchi” chempionat doirasidagi uchrashuvdan ko‘ra boshqacharoq o‘ynadi. Ayniqsa, bu o‘yin sxemasiga bog‘liq. Lekin mening fikrimcha, ularning bizga qanday xavf-xatar yaratishini oldindan tushunib etgandik.

lazarevich3

- Umuman aytganda, “Neftchi” sizda qanday taassurot qoldirdi?

- O‘tgan safar o‘yindan keyin aytganimdek, biz faqat natija haqida o‘ylayapmiz. “Neftchi”ga qarshi o‘yin osonroq kechdi. Biroq bellashuv davomida oxirigacha tartibli va chiroyli o‘ynashga harakat qildik. Mazkur o‘yinda ham bizni shunday bellashuv kutib turganini bilardik. “Neftchi”ni juda yaxshi jamoa deb o‘ylayman va buni klub kelgusida namoyon eta oladi.

203933_b2684c7105489fd4a7bf37bfbb81d58a_3

- Kubok bahslarida ham asosiy etakchilardan foydalanyapsiz. Tarkibda rotatsiyaga hojat yo‘q deb o‘ylaysizmi?

- O‘ylashimcha, kerak. Lekin biz avvalo o‘yinchilarimizni har bir uchrashuvda yangi kuch bilan o‘ynashga tayyorligini ta’minlashga harakat qilyapmiz. Biroq bu safargi to‘qnashuvda o‘yin amaliyotiga kam ega bo‘layotgan futbolchilarga o‘ynash imkonini berdik. Buning natijasida ulardan ijobiy javob oldik.

- Temurxo‘ja Abduholiqovning kiritgan goliga qanday ta’rif berasiz?

- Temurxo‘ja Abduholiqov tajribali o‘yinchi. Bunday vaziyatlar va imkoniyatlar uning uchun foydali bo‘lishiga ishonaman. “Neftchi”ga qarshi o‘yindagi goli bilan u master-klass ko‘rsatdi.

nikola4_2

- Hamidjon Aktamov jamoadan nima uchun ketdi? Buni kutmagandik...

- Afsuski u ketdi. Lekin jamoani doimo qo‘llab-quvvatlaydi. Uning nega “Qizilqum”ni tark etganini bilmayman va bu masala bilan men shug‘ullanmayman. Biroq, fikrimcha, “Qizilqum” uning ikkinchi uyi sanaladi.

- “Qizilqum”da barchasi sizni to‘la qanoatlantiryaptimi?

- O‘ylashimcha, “Qizilqum” klubi va rahbariyati yaxshi yo‘ldan harakatlanmoqda. Agar biz avvalroq muhokama qilib olgan rejalar va loyihalar amalga oshsa, “Qizilqum” barqaror klublardan biriga aylanadi. Yana ko‘p narsalarni amalga oshirish va o‘zgartirish kerak. Rahbariyat ham bu borada har bir masalaga jiddiy yondashmoqda. “Qizilqum”ni kelajakda mutlaqo boshqa darajada ko‘ryapman.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!