"Qizilqum"ning yangi futbolchisi: "Taklif menga har taraflama yoqdi"

  • 30 yanvar, 2024, 11:04
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Kuni kecha “Qizilqum” bilan shartnoma imzolagan yosh darvozabon Humoyunshox Sayyotov jamoaga kelishi va dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bosh murabbiy Jamshid Saidovning taklifi bilan "Qizilqum" jamoasini tanladim. Taklif menga har taraflama yoqdi va o‘zimni ko‘rsatishga qulay imkoniyatligini bildim. Qolaversa, men Navoiyga qo‘shni bo‘lgan Buxoro shahrida tug‘ilganman.

Undan tashqari bu erdagi barcha futbolchilar o‘z ishlarining professionallari. Maqsadim esa shu jamoada yangi mavsumda yuqori darajada o‘yin ko‘rsatish. Bu yo‘lda albatta katta mehnat yotadi va men bunga tayyorman”, - deydi futbolchi “Qizilqum” matbuot xizmatiga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Адхамжон Низомов
30/01/2024 13:21
Хой,барака топку сайт ходимлари.Сарлавхани сал еркинрок рангда беринглар.Кузойнак билан хам зурга куриняпти.Бошка сайтлардан урганинглар еки бирортангиз бориб,чемпионат асиа еки стадион узда малака ошириб келинглар.4 марта езишим.