Qiziq, OFK va PFL qaysi talablarga ko‘ra "Buxoro" ("Nurafshon")ni litsenziyalashdan o‘tkazdi?

  • 23 noyabr, 2021, 12:00
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

OFK veb-saytida 2021 yilgi litsenziyalash jarayoni natijalari e’lon qilindi. Unga ko‘ra, bu yil 12 ta o‘zbek klubi OFK litsenziyasiga ega chiqdi. O‘zbekiston litsenziya olgan klublar soni bo‘yicha Yaponiya va Janubiy Koreyadan so‘ng BAA bilan 3-pog‘onani bo‘lishib turibdi.

Klublar OFK onlayn platformasi – AFC CLASga 5 asosiy tamoyil: sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy, moliyaviy mezon bo‘yicha zarur hujjatlar to‘plamlarini yuklab borishdi.

Barcha jihatlarni inobatga olgan holda 2022 yilgi musobaqalarda qatnashish uchun litsenziyalar 3 xil toifada taqdim etildi:

OFK litsenziyasi (12 ta klub) – “Paxtakor”, “Neftchi”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, AGMK, “Qizilqum”, “So‘g‘diyona”, “Nasaf”, “Lokomotiv”, “Turon”, “Dinamo”, “Metallurg”.

Milliy litsenziya (12 ta klub) – “Paxtakor”, “Neftchi”, “Bunyodkor”, “Buxoro”, AGMK, “Qizilqum”, “So‘g‘diyona”, “Nasaf”, “Lokomotiv”, “Turon”, “Dinamo”, “Metallurg”.

Milliy litsenziya (shartli ravishda – 9 ta klub) – “Mash’al”, “Navbahor Lochinlari”, “Qo‘qon-1912”, “Sho‘rtan”, “Xorazm”, “Andijon”, “Surxon”, “Yangier Quruvchi”, “Aral Samali”.

Ro‘yxatda “Buxoro” (“Nurafshon”)ning ham borligi e’tiborni tortdi. Klubda muammolar borligini deyarli barcha biladi. Bu muammo yaqindagina paydo bo‘lmadi. Mavsum boshidan beri ko‘rinib turgan jihat. Klub uy o‘yinlarini deyarli 2 yildan beri asosiy maydonda o‘tkazmayapti.

Klubda futbolchilarning maoshlari bilan bog‘liq uzilishlar etarlicha. Buni klubning sobiq bosh murabbiyi Usmon Toshev SPORTS.uz saytiga bergan intervyusida ma’lum qilgandi.

Qolaversa, xodimlarning maoshlari vaqtida to‘lanmayotgandi. Misol uchun, shu yili sentyabr oyi o‘rtalarida "Nurafshon" klubi matbuot kotibi 2 oydan beri (iyul-avgust) maosh olmayotgani uchun ish tashlash e’lon qilgandi. Bu klub rasmiy telegramdagi sahifasida yozib qoldirildi. Ancha vaqtdan keyin bu post o‘chirib yuborilgan bo‘lsa-da, fakt shundan iboratki, jamoada moliyaviy muammolar, qarzdorliklar bor.

9234952385

Bu yili jamoa safiga borib qo‘shilgan futbolchilar-ku, klub stadionini ko‘rmagan bo‘lsa ham ajab emas. Ko‘zga ko‘ringan mana shu ikkita eng muhim jihat turganda, qanday qilib litsenziyalashdan klub o‘tkazilganiga hayron qolasan kishi.

Klublarni litsenziyalash reglamenti 14-bobida shunday deyilgan:

photo_2021-11-22_23-29-00

Ho‘p, klubning uy o‘yinlarini o‘tkazadigan stadioni mavjud. Kamida stadiondan foydalanish uchun shartnomasi bordir. Lekin nega unda deyarli 2 yildan beri jamoa bu stadionda o‘ynamayapti? Muammo faqatgina maydon maysasidami? Unday bo‘lsa bu kamchilikni bartaraf qilish uchun yillar sarflanadimi?

14-bobdagi 3-band ham e’tiborni tortdi. Stadion mavsum oldidan O‘zPFL tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanishi va litsenziya talabgori sharafini himoya qiluvchi shaharda joylashgan bo‘lishi lozim. 

Stadion Buxoro shahrida. Ammo qanday qilib mavsumga tayyor bo‘lmagan stadion O‘zPFL tomonidan tasdiqlandi? Shunisi qiziq!

AFC CLAS - OFK onlayn platformasiga 5 asosiy tamoyil: sport, infratuzilma, ishchi-xodimlar, huquqiy, moliyaviy mezon bo‘yicha zarur hujjatlar to‘plamlarini yuklab borildi. Lekin bular orasidan 3 ta tamoyil qanday to‘ldirildi ekan?!

OFK vakillariga hujjatlarda javob berish mumkindir. Lekin futbol jamoatchiligiga nima deysiz?!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
УФА ва ПФЛ учун коронавирус
23/11/2021 13:51
UFA va PFL dagilar bir umr farzand dog'idan boshi chiqmasin.
Baxil Alihuja
23/11/2021 15:11
Футболни коррупцияга ботирганлар айнан шу УФА ни рахбарларидир!