
Qiziq! "Chelsi"dagi 9-raqamga qarg‘ish tekkanmi?
"Chelsi" klubi bosh murabbiyi jamoada hech kim 9-raqamni olishni istamayotganini aytib o‘tdi.
"Bu erda ko‘pchilik bu raqamga qarg‘ish tekkan, deyishadi. Ochig‘i, men bunaqa narsalarga ishonmayman.
Ammo qizig‘i, jamoadagi hech kim bu raqam ostida o‘ynashni istamayapti. Mendan oldin kelganlar bu raqam kimlarga tegishli bo‘lgani va ular omadsizlikka uchraganini aytib berishdi. Bilmadim, men baribir buni tasodif sifatida qabul qilaman", - dedi germaniyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, "Chelsi"ning 9-raqamli liboslarida o‘z vaqtida Fernando Torres, Gonsalo Iguain, Radamel Falkao, Alvaro Morata va Romelu Lukaku kabi taniqli futbolchilar harakat qilgan. Ammo ularning birortasi o‘zidan yaxshi nom qoldira olmagan.
Fikrlar