Qiziq! Flik ispan tilini o‘rganishni boshladi

  • 5 fevral, 2024, 17:51
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniya terma jamoasi "Bavariya"ning sobiq bosh murabbiyi Xans-Diter Flik "Barselona"ni boshqarishi mumkin. Bu haqda jurnalist Kristian Falk xabar bermoqda.

"Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati ayni damda mavsum yakunida jamoani tark etishini e’lon qilgan Xavi Ernandesga o‘rinbosar qidirmoqda. Flik Kataloniya grandining "short listida". 58 yoshli germaniyalik mutaxassis allaqachon ispan tilini o‘rganishni boshlagan.

Ispaniya chempionatining joriy mavsumida “Barselona” 50 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam “Real Madrid”dan 8 ochko ortda qolmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!