Qiziq?! Mourino "Napoli"ni A Seriya g‘olibligi bilan tabrikladi

"Roma" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino "Napoli"ni A Seriya g‘olibligi bilan tabrikladi. Biroq hali chempionatda hech narsa hal bo‘lgani yo‘q. Oldinda yana 18 tur bahslari bor.

"Biz bugun mavsum boshidan beri ko‘rgan "Napoli"ni ko‘rishni kutmoqdamiz. Umid qilamanki, meni to‘g‘ri tushunishadi. Ammo kamina raqibni A Seriya chempionligi bilan tabriklamoqchi. 

Skudetto ularniki, raqibimiz bunga har qanaqasiga munosib. "Napoli" hozir Italiyadagi eng  kuchli jamoa. Ayni paytda eng yaqin ta’qibchi bilan oradagi farq 12 ochkoni tashkil etadi. Bu sezilarli raqamlar sanaladi.

"Inter" va "Milan" ketma-ket o‘yinlarda g‘alaba qozona olishiga ishonmayman. Ular bu darajada barqaror emas. Biz bugun raqibni mag‘lub etishga harakat qilamiz. Biroq tan olish kerak, ular va ayniqsa, Luchano Spalleti ajoyib ish olib bormoqda", - dedi portugaliyalik mutaxassis.

Ma’lumot o‘rnida, bugun "Roma" A Seriya 20-turi doirasida "Napoli"ga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv 00:45 da start oladi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!