
Qodirxon G‘aniev navbatdagi jangini o‘tkazdi
Ayni daqiqalarda Rossiyaning Samara shahrida URAL FC promousheni o‘zining navbatdagi turnirini o‘tkazmoqda.
Xabar berganimizdek, ushbu kechada ikki nafar hamyurtimiz jang qiladi va uning dastlabkisida MMA bo‘yicha og‘ir vazn toifasidagi vakilimiz Qodirxon G‘aniev mezbonlar vakili Ramis Tregulovga qarshi oktagonga ko‘tarildi.
To‘liq uch raund davom etgan to‘qnashuvda yurtdoshimiz raqibini muvozanatdan ham chiqara oldi. Biroq, bong raqibni nokautdan qutqarib qoldi. Bir so‘z bilan aytganda, raundlar mobaynida yaxshi harakat qilgan hamyurtimiz hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, g‘alaba qozondi. Oldinda, yana bir vakilimiz Husan Baratov ham K-1 yo‘nalishida Shamil Abbasovga qarshi jang qiladi.
Fikrlar